Amaliyot
Mashq: Daraja 1
- challenge nomli o'zgaruvchini e'lon qiling va unga 'Javasript 30 kunda' deya qiymat bering.
- console.log() dan foydalanib uni consolega chiqaring.
- console.log() ga uni length xossasi orqai uzunlgini chiqaring
- String ichidagi belgilarni barchasini toUpperCase() metodi orqali katta harflarga o'tkazing.
- String ichidagi belgilarni barchasini toLowerCase() metodi orqali kichik harflarga o'tkazing.
- slice() metodi orqali Javascript so'zni kesib oling. va **console.log()**ga chiqaring.
- Javasript 30 kunda so'zida Javascript so'zini C++ so'ziga o'zgartiring.
- includes() metodi orqali stringda Script so'zi borligi tekshiring.
- split() usuli yordamida stringni arrayga aylantring.
- Javasript 30 kunda stringini split() usuli yordamida alohida arraylarga ajrating.
- "Facebook, Google, Microsoft, Apple, IBM, Oracle, Amazon" qatorni vergulga ajrating va uni massivga o'zgartiring.
- replace() metodidan foydalanib, Javasript 30 kundani - Python 30 kundaga o'zgartiring.
- "Javascript 30 kunda" qatoridagi 15-indeksdagi belgi nima? charAt() usulidan foydalaning
- charCodeAt() yordamida 'Javascript 30 kunda' qatoridagi c harfi qanday kod?
- Javascript 30 kunda a ning birinchi paydo boʻlgan oʻrnini aniqlash uchun indexOf dan foydalaning.
- Javascript 30 kunda a oxirgi marta paydo boʻlgan joyni aniqlash uchun lastIndexOf dan foydalaning.
- indexOf metodidan foydalangan holda chunki so'zini keltirilgan misoldan o'rni toping:'Siz jumladan, chunki bog‘lovchisini topishingiz kerak'
- lastIndexOf metodidan foydalangan holda chunki so'zini keltirilgan misoldan o'rni toping:'Siz jumladan, chunki bog‘lovchisini topishingiz kerak'
- Quyidagi jumlada chunki so‘zining birinchi kelgan o‘rnini topish uchun search dan foydalaning:'Siz jumladan, chunki bog‘lovchisini topishingiz kerak'
- Satrning boshida va oxiridagi boʻshliqlarni olib tashlash uchun trim() dan foydalaning. Masalan, “ Javasript 30 kunda ”.
- Javasript 30 kunda stringi bilan startsWith() usulidan foydalaning va natijandan true hosil qiling.
- Javasript 30 kunda stringi bilan endsWith() usulidan foydalaning va natijandan true hosil qiling.
- Javascript 30 kunda barcha **a larni topish uchun **match()** usulidan foydalaning.
- concat() metodidan foydalangan holda Javascript va 30 kunda so'zlarini birlashtiring.
- repeat() metodidan foydalangan holda Javasript 30 kunda so'zini 2 marta consolega chiqaring.
Mashq: Daraja 2
-
console.log() yordamida quyidagini chop eting: "Qo'shtirnoq ichidagilarni"
Iqtibos "Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l." Jaloliddin Rumiy. -
console.log() yordamida quyidagini chop eting: "Qo'shtirnoq ichidagilarni"
"Hayot aslida sodda. Faqat biz uni murakkablashtirishga urinamiz." Konfutsiy -
'10' stringi 10 ga teng yoki yo'qligini tekshiring. Agar teng bo'lmasa, uni to'liq tenglashtiring.
-
parseFloat('9.8') 10 ga teng yoki yo'qligini tekshiring, agar teng bo'lmasa, uni 10 ga tenglashtiring.
-
Umid qilamanki, bu qo'llanma sizga ma'qul keladi. Jumlada qo'llanma mavjudligini tekshiring.
-
0 dan 100 gacha bo'lgan tasodifiy sonni yarating.
-
50 dan 100 gacha bo'lgan tasodifiy sonni yarating.
-
0 dan 255 gacha bo'lgan tasodifiy sonni yarating.
-
"JavaScript" so'zining uzunlini tekshiring, va o'sha uzunlik oralig'idagi tasodifiy (random) son bilan qator belgilariga kiring.
-
Quyidagi naqshni chop etish uchun console.log() va escape belgilaridan foydalaning.
1 1 1 1 1 2 1 2 4 8 3 1 3 9 27 4 1 4 16 64 5 1 5 25 125 -
substrdan foydalangan holda chunki chunki chunki so'zini ajratib (kesib) oling. Ushbu gapdan: 'Siz jumladan, chunki chunki chunki bog‘lovchisini ajratib olishingiz kerak'
Mashq: Daraja 3
-
"Bilim odaming ijodiy maqsadlariga xizmat etmog‘i lozim. Bilim orttirishning o‘zi kifoya emas, uni iloji boricha keng yoymoq va hayotga tatbiq etmoq zarur." Ushbu so'zdan Bilim so'zini nechta ekanligini hisoblang.
-
match() metodidan foydalangan holda chunki so'zini keltirilgan misoldan sonini hisoblang:'Siz jumladan, chunki bog‘lovchisini sonini topishingiz kerak. Yana bir bor chunki.'
-
Keltirlgan gapdan ortiqha belgilarni olib tashlang:
const sentence = "%I $am@% a %tea@cher%, &and& I lo%#ve %te@a@ching%;. The@re $is no@th@ing; &as& mo@re rewarding as educa@ting &and& @emp%o@weri@ng peo@ple. ;I found tea@ching m%o@re interesting tha@n any ot#her %jo@bs. %Do@es thi%s mo@tiv#ate yo@u to be a tea@cher!? %Th#is 30#Days&OfJavaScript &is al@so $the $resu@lt of &love& of tea&ching"; -
Quyidagi matndan raqamlarni chiqarib, shaxsning umumiy yillik daromadini hisoblang. "U oylik maosh 5000 dollar oladi, yillik 10000 dollar bonus, 15000 dollar onlayn kurslardan."
🎉 Tabriklayman ! 🎉