Birinchi kun
Javascriptni e'lon qilish

Javascriptni e'lon qilish

JavaScript-ni veb-sahifaga uch xil usulda qo'shish mumkin:

  • Inline script
  • Internal script
  • External script
  • Multiple External scripts

Quyidagi bo'limlar veb-sahifangizga JavaScript kodini qo'shishning turli usullarini ko'rsatadi.

Inline Script | Ichki script

Ish stolidan (Desktop) papka yarating va uni yuqorida korsatish Open Folder ni bosib, yaratilgan papkan tanlang. Va o'sha papka ichidan yangi fayl yaratib, uni index.html deb nomlang. Keyin pastda berilgan kodni nusxalab ctrl + c, index.html ctrl + v ga joylashtiring.

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Javascript 30 kunda: Inline Script</title>
  </head>
  <body>
    <button onclick="alert('Hush kelibsiz: Javascript 30 kunda qo`llanmasiga')">
      Meni bosing
    </button>
  </body>
</html>

Endi siz birinchi inline skriptingizni yozdingiz. Biz alert() funksiyasidan foydalanib, yuqorida qalqib chiquvchi ogohlantirish xabarini yaratishimiz mumkin.

Internal Script | Ichki script

Ichki skriptlarni (internal script) head yoki body ga yozilishi mumkin, lekin uni HTML hujjatining body qo'yish afzaldir. Ammo, birichi uni head ni ichiga yozib ko'ramiz.

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Javascript 30 kunda: Inline Script</title>
    <script>
      console.log("Hush kelibsiz: Javascript 30 kunda qo`llanmasiga");
    </script>
  </head>
  <body></body>
</html>

Ko'pincha biz ichki skriptni (internal script) shunday yozamiz. body qismida JavaScript kodini yozish eng maqbul variant hisoblanadi. console.log() dan olingan natijani ko'rish uchun brauzer konsolini oching.

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Javascript 30 kunda: Inline Script</title>
  </head>
  <body>
    <button
      onclick="alert('Hush kelibsiz: Javascript 30 kunda qo`llanmasiga');"
    >
      Meni bosing
    </button>
    <script>
      console.log("Hush kelibsiz: Javascript 30 kunda qo`llanmasiga");
    </script>
  </body>
</html>

console.log()dan olingan natijani ko'rish uchun brauzer konsolini oching.

js code from vscode

External Script | Tashqi script

Ichki skriptga (internal script) o'xshab, tashqi skript (external script) havolasi head yoki body da bo'lishi mumkin, lekin uni body da qo'yish afzaldir. Birinchidan, .js bilan tugaydigan tashqi (external) JavaScript faylini yaratishimiz kerak. .js kengaytmasi bilan tugaydigan barcha fayllar JavaScript fayllaridir. Loyiha katalogingiz ichida kirish.js nomli fayl yarating va quyidagi kodni yozing va ushbu .js faylini body ning pastki qismiga bog'lang (import qiling).

console.log("Hush kelibsiz: Javascript 30 kunda qo`llanmasiga");

Tashqi skriptlar (External script) head da:

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Javascript 30 kunda:External script</title>
    <script src="kirish.js"></script>
  </head>
  <body></body>
</html>

Tashqi skriptlar (External script) body da:

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Javascript 30 kunda:External script</title>
  </head>
  <body>
    <script src="kirish.js"></script>
  </body>
</html>

console.log()dan olingan natijani ko'rish uchun brauzer konsolini oching.

Multiple External Scripts | Bir nechta tashqi skriptlar

Shuningdek, biz bir nechta tashqi JavaScript fayllarini veb-sahifaga ulashimiz mumkin. kirish.js yonida salomdunyo.js faylini yarating va quyidagi kodni yozing.

console.log("Hello, World!");
<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
  <head>
    <title>Multiple External Scripts | Bir nechta tashqi skriptlar</title>
  </head>
  <body>
    <script src="salomdunyo.js.js"></script>
    <script src="kirish.js"></script>
  </body>
</html>

Sizning eng asosiy bo'lgan .js faylingiz qolganlarining ostida bo'lishligi kerak. ⚠️ Buni eslab qolish juda muhim.

Multiple Script