Birinchi kun
Ma`lumot turlari

Ma'lumotlar turlariga (Data types) kirish

JavaScript va boshqa dasturlash tillarida ma'lumotlar har xil turlari mavjud. Javascriptda mavjud bo'lgan ma'lumot turlari: String, Number, Boolean, undefined, Null, and Symbol.

Numbers | Sonlar

  • Butun sonlar: butun (manfiy, nol va musbat) sonlar Misol: ... -3, -2, -1, 0, 1, 2, 3 ...
  • kasr sonlar: o'nlik sonlar Misol ... -3.5, -2.25, -1.0, 0.0, 1.1, 2.2, 3.5 ...

Strings

Bir yoki undan ko'p belgida tashkil topgan va "qo'sh tirnoq", 'bir tirnoq' va backtick ichidagi to'plam

Misol:

"a";
"Uzbekiston";
"Real Madrid";
"Finlandiya";
"JavaScript chiroyli dasturlash tili";
"Men dars berishni yaxshi ko'raman";
"Umid qilamanki, birinchi kun sizga yoqadi"`Shuningdek, biz backtick yordamida string yaratishimiz mumkin`;
("Satr bitta belgi yoki bir nechta sahifalarcha katta bo'lishi mumkin");
("Satr bitta belgi yoki bir nechta sahifalarcha katta bo'lishi mumkin");

Booleans

Boolean True yoki False dan tashkil topgan ma'lumot turi. Har qanday mantiqiy taqqoslash qiymati True yoki False qaytaradi.

A boolean data type is either a true or false value.

Misol:

true; // agar chiroq yoqilgan bo'lsa, qiymat true bo'ladi
false; //  agar chiroq o'chiq bo'lsa, qiymat false bo'ladi

Undefined | Aniqlanmagan

JavaScriptda, agar biz o'zgaruvchiga qiymat bermasak, qiymat undefinedga teng bo'ladi. Bunga qo'shimcha ravishda, agar funktsiya hech narsa qaytarmasa, u undefined holda qaytariladi.

let Ism;
console.log(Ism); // undefined, chunki hech qanday qiymat berilmagan.

Null

JavaScriptda null bo'sh qiymatni bildiradi.

let boshQiymat = null;
⚠️

Agar undefined bilan null ni biroz chalkashrib yuborgan bo'lsangiz sizga misol bilan tushuntiraman. Tasavvur qiing bizda bo'sh quti bor bu null degani ammo ichi bo'sh, agar o'sh qutini raqamlar bilan to'dirsak uning qiymati number ga teng bo'ladi. Undefined esa biz takidlagan qutini o'zi ham yo'q degani yani aniqlanmagan.

Checking Data Types | Tekshiruvchi ma'lumotlar turlari

Qanday ma'lumot turiga tegishli ekanligini typeof operatori orqali tekshiramiz. Misol.

console.log(typeof "tashkent"); // string
console.log(typeof 5); // number
console.log(typeof true); // boolean
console.log(typeof null); // object type
console.log(typeof undefined); // undefined

Comments | Yana Sharhlar

JavaScript-da sharhlash boshqa dasturlash tillariga o'xshashligini unutmang. Sharhlar sizning kodingizni boshqa dasturchilar tomoidan tushunib o'qilishi uchun muhim ahamiyatga ega. Sharhlaning ikki yo'li mavjud:

  • Bir qatorli sharh
  • Bir necha qatorli sharh

Bir necha qatorli

// kodning o'zini bitta izoh bilan sharhlash

Bir necha qatorli

/*
  let manzil = 'tashkent';
  let yosh = 22;
  let uylanganmi = false;
  Bu ko'p qatorli sharh
*/

Variables | O'zgaruvchilar

O'zgaruvchilar - ma'lumotlarni saqlovchi quti. O'zgaruvchilar xotira joyida ma'lumotlarni saqlash uchun ishlatiladi. O'zgaruvchi e'lon qilinganda, xotira joylashuvi zahiraga olinadi. O'zgaruvchi qiymatga (ma'lumotlarga) tayinlanganda xotira maydoni shu ma'lumotlar bilan to'ldiriladi. O'zgaruvchini e'lon qilish uchun biz var, let yoki const kalit so'zlaridan foydalanamiz.

O'zgaruvchining qiymati keyin ha o'zgarsa let dan foydalanamiz. Agar ma'lumotlar umuman o'zgarmasa, biz const dan foydalanamiz. Misol uchun, PI, mamlakat nomi, tortishish kuchi o'zgarmaydi va biz const dan foydalanishimiz mumkin. Va let alternative tarzda var dan foydalanmaymiz, lekin uni ishlatishingizni tavsiya etilmaydi. Var, let va const haqida boshqa bo'limlarda batafsil to'xtalamiz. Hozircha yuqoridagilarni tushunishtushuntirish yetarli.

Javascript o'zgaruvchilari e'lon qilishda ayrim shartlar mavjud.

  • JavaScript o'zgaruvchisi nomi raqam bilan boshlanmasligi kerak.
  • JavaScript o'zgaruvchi nomi dollar belgisi va pastki chiziqdan tashqari maxsus belgilarga ruxsat bermaydi.
  • JavaScript o'zgaruvchisi nomi camelcase (barchasi kichik harflarda) konventsiyasiga amal qiladi.
  • JavaScript o'zgaruvchisi nomida so'zlar orasida bo'sh joy bo'lmasligi kerak.

O'zgaruvchi e'lon qilishga misollar

ism;
familya;
mamlakat;
shahar;
poytaxt;
yosh;
uylanganmi;
 
ism_sharif;
last_name;
is_married;
capital_city;
 
num1;
num_1;
_num_1;
$num1;
year2020;
year_2020;

Ro'yxatdagi birinchi va ikkinchi o'zgaruvchilar JavaScript-da e'lon qilishning camelCase (barchasi kichik harflarda) konventsiyasiga amal qiladi. Yozish (caselar) uslublariga misollar:

  lowercase
  camelCase
  PascalCase
  kebab-case
  snake_case
  UPPERCASE

Mumkin bo'lmagan o'zgaruvchilar

  ism-sharif
  1_matn
  matn_#_1

Keling, har xil ma'lumot turlariga ega o'zgaruvchilarni e'lon qilaylik. O'zgaruvchini e'lon qilish uchun o'zgaruvchi nomidan oldin let yoki const kalit so'zidan foydalanishimiz kerak. O'zgaruvchi nomidan keyin biz tenglik belgisini = va qiymatni yozamiz.

// Syntaksis
let ozgaruvchiNomi = qiymat;

E'lon qilingan o'zgaruvchilarga misollar

// Har xil turdagi ma'lumot turlarini o'zgaruvchilarda e'lon qilish
let ism = "Muhammad";
let familya = "Anvarov";
let mamlakat = "Uzbekistan";
let shahar = "Jizzax";
let yosh = 22;
let uylanganmi = false;
 
console.log(ism, ism, mamlakat, shahar, yosh, uylanganmi);
Muhammad Anvarov Uzbekistan Jizzax 22 false
// O'zgaruvchilarni raqam qiymatlari bilan e'lon qilish
let yoshi = 22; // age in years
const gravitatsiya = 9.81; // yerning tortishish kuchi m/s2
const suvningQaynashi = 100; // suvning qaynash nuqtasi, harorat °C
const PI = 3.14; // geometrik o'zgarmas son
console.log(gravitatsiya, suvningQaynashi, PI);
9.81 100 3.14
/* Shuningdek bir dona let o'zgaruvchisiga ga bir necha qiymat bersa 
ham bo'ladi, lekin bu kodning o'qilishi qiyinlik qiladi
(kod tartib bo'lib ketadi) */
let ism = "Muhammad",
  kasbi = "dasturchi",
  manzil = "Uzbekistan";
console.log(ism, kasbi, manzil);
Muhammad dasturchi Uzbekistan

🌕 Mana bugunga javascript bo'yicha keraklicha bilim oldingiz, umid qilamanki unchalik qiyin bo'lmadi. Endi yuqorida o'rganganlarimizni mustahkamlash uchun bir necha vazifalani bajarishingiz kerak. Yodda tuting o'rganilgan mavzularni takrorlash va ular ustida amaliyot qilishlik bilimingizni yanada mustahkamlaydi.