Sozlash
Ishonamanki, sizda dasturchi, kompyuter va Internet bo'lish uchun motivatsiya va kuchli istak bor. Agar sizda ular bo'lsa, demak sizda boshlash uchun hamma narsa bor.
Node.js yuklash
Sizga hozircha Node.js kerak emas, lekin keyinroq kerak bo'lishi mumkin.

Yuklab olingandan so'ng (Downloads yoki Загрузки faylidan dasturni topib), ustiga ikki marta bosing va o'rnating. Barchasi juda oddiy next tugmasini ketma ket bosish orqali o'rnatiladi.

Qurilmamizdagi cmd yoki Windows Powershelni ochib node -v buyrug'ini berish orqali node o'rnatilganligini tekshirishimiz mumkin.
username $ node -v
v12.14.0Menda 12.14.0 versiyasi o'rnatildi, siz yuklab olayotgan vaqtingizda versiya o'zgargan bo'lishi mumkin va bu hech qanday muammo keltirib chiqarmaydi.
Brauzer
Ishlatishimiz uchun ko'plab brauzerlar mavjud. Biroq, men Google Chrome-ni tavsiya qilaman.
Google Chrome o'rnatish
Agar sizda Google Chrome (opens in a new tab) hali mavjud boʻlmasa, uni yuklab oling. Agar bo'lsa shunchaki ushbu qisni tashlab keting.

Google Chrome Consoleni ochish
You can open Google Chrome console either by clicking three dots at the top right corner of the browser, selecting More tools -> Developer tools or using a keyboard shortcut. I prefer using shortcuts.

Chrome console ni ochish talab qilinadi va buni ochish uchun ushbu tugmalar ketma ketligni bosing.
Macbookda
Command+Option+J
Windows/Linux:
Ctl+Shift+J
Google Chrome console ini ochganingizdan so'ng, belgilangan tugmalarni o'rganishga harakat qiling. Biz ko'p vaqtimizni console da o'tkazamiz. Console - bu sizning JavaScript kodingiz ketadigan joy. Google Console V8 dvigateli - JavaScript kodingizni mashina kodiga o'zgartiradi. Keling, Google Chrome console da JavaScript kodini yozaylik:
