Kirish

Kirish

Hush kelibsiz - siz 📚 30-Days-Of-JavaScript (opens in a new tab) qo'llanmaning o'zbekcha tarjima variantidasiz. Ushbu qo'llanmada siz 💻 JavaScript dasturchisi bo'lish uchun kerak bo'lgan hamma narsani va umuman dasturlash tushunchasini o'rganasiz. Barchasi juda oson va tushunarli misollar bilan tushuntirilgan. Sizdan talab qilinadigan narsa faqat 💪 qunt bilan o'rganish halos. Agar Githubda o'rganish biroz noqulaylik tug'dirsa, yaqin kunlarda ushbu qo'llanmaning websayt variantini sizga takli qilaman. Har qanday yordam kerak bo'lsa yoki boshqalarga yordam berishni istasangiz, maxsus telegram guruhiga (opens in a new tab) qo'shilishingiz mumkin. Agar qo'llanma sizga maqul kelsa, yulduzchani ⭐ bosib qo'yishni unutmang. Tayyor bo'lsangiz, 💯 boshlaymiz.

Javasript 30 kunda: kursi yangi boshlovchilar va avvaldan javascrptdan habari borlar uchun mo'ljanllangan. Ushbu qadam va qadam qo'llanmada, siz JavaScript va insoniyat tarixidagi eng mashhur (webda) dasturlash tilini o'rganasiz.

JavaScript veb-saytlarga interaktivlik qo‘shish, mobil ilovalar, kompyuter (desktop) ilovalar, o'yinlar ishlab chiqarishda ishlatiladi va shu bilan birgalikda server tomon (server-side programming), mashinalrni o'rganish (machine learning) va suniy intelekt (AI) lar uchun qo'llaniladi.

JavaScript (JS) so'nggi yillarda mashhurligi oshdi va so'nggi o'n yil ichida Githubda eng ko'p ishlatiladigan dasturlash tili bo'lib kelmoqda.

Qandaydir taklifingiz bo'lsa man bilan bo'glaning. (opens in a new tab)

Sizdan talab qilinadi

⚠️ Ushbu qo'llanmani boshlashingiz uchun sizga html va css dan boshlang'ich bilimlar bo'lishligi katta yordam beradi. Agar sizda yuqoridagi bilimlar bo'lmasa, hechqisi yo'q.

  1. Mativatsiya (Ps. Maosh haqida o'ylashlik ko'proq yordam beradi. 😊)
  2. Kompyuter yoki noutbuk 💻 talab qilinadigan xususiyatari bilan tanishi uchun (opens in a new tab)
  3. Internet
  4. Brauzer
  5. Kod muharriri Vscode - tavsiya etiladi (opens in a new tab)